Namangan davlat texnika universiteti tashkil etildi
Ta’lim sohasidagi muhim yangilik: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Namangan to‘qimachilik sanoati instituti birlashtirilib, Namangan davlat texnika universiteti tashkil etilmoqda. Ushbu qaror muhandislik va texnologiyalar sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan.
Yangi universitetning asosiy vazifalari
Universitet oldiga qo‘yilgan asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat:
- Muhandislik, qurilish, to‘qimachilik, IT va dasturlash sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash.
- Hududiy sanoat ehtiyojlariga mos kadrlarni yetishtirish va ilmiy-pedagogik faoliyatni rivojlantirish.
- Ilg‘or muhandislik maktabini yuridik shaxs maqomisiz tashkil etish.
Talabalar uchun yangi imkoniyatlar va o‘zgarishlar
Universitetda tahsil olayotgan yoshlar uchun talabalar uchun bir qator yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda:
- 2025/2026-o‘quv yilidan: Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari bevosita ish beruvchi korxonalar muammolari asosida shakllantiriladi va aynan o‘sha korxonalarda himoya qilinadi.
- 2026/2027-o‘quv yiliga qadar: Kamida ikkita bakalavriat va uchta magistratura yo‘nalishi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
- Sanoat hamkorligi: Yirik sanoat korxonalari universitetga biriktirilib, amaliyot bazalari kengaytiriladi.
Abituriyentlar va talabalar diqqatiga
Mavjud oliygohlarda tahsil olayotgan barcha talabalar o‘z o‘qishlarini yangi universitetda davom ettirishadi. 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchilarga Namangan davlat texnika universiteti diplomi beriladi. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib, kelgusi o‘qish jarayonlarini rejalashtirishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.