Motivation letter yoki insho nima uchun kerak?
AQSh yoki xorijiy davlatlardagi nufuzli oliygohlar kesimida hujjat topshirayotganda, sizdan "Motivation letter", "Statement of purpose" yoki "Cover letter" talab qilinadi. Nomidan qat'i nazar, bularning barchasi sizning shaxsingizni, maqsadlaringizni va nima uchun aynan shu universitetga mos kelishingizni aniqlashga xizmat qiladi.
Qabul jarayonida IELTS yoki baholar bir xil bo'lgan vaziyatda, aynan ushbu insholar sizni boshqa da'vogarlardan ajratib turadigan asosiy hujjat hisoblanadi.
Insho yozishda e'tibor qaratish kerak bo'lgan jihatlar
Insho yozishda ingliz tili darajasini emas, balki shaxsiy xususiyatlaringizni ochib berish muhim. Quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
- Qisqa va lo'nda bo'ling: Qabul komissiyasi vakillari minglab insholarni o'qiydi. Umumiy gaplardan qochib, aniq va diqqatni tortadigan fikrlarni bayon eting.
- Mavzuni shaxsiylashtiring: Hayotingizni o'zgartirgan yoki sizni o'qishga undagan shaxsiy voqealar haqida yozing.
- Tuzilmaga e'tibor bering: Kirish, asosiy qism va xulosadan iborat mantiqiy ketma-ketlikni saqlang.
- Rezyumeni takrorlamang: CV'dagi ma'lumotlarni shunchaki qayta yozmang, balki yutuqlaringizni tushuntirib bering.
- Yetakchilik salohiyatingizni ko'rsating: Volontyorlik, sport yoki darsdan tashqari faoliyatlaringizni yoritishdan uyalmang. Talabalar uchun bu kabi tajribalar katta ustunlik beradi.
Muvaffaqiyatli essay yozish uchun qo'shimcha maslahatlar
Inshoni oxirgi daqiqaga qoldirmang. Yozganlaringizni 2-3 kun o'tib qayta o'qing, bu sizga yangi g'oyalar beradi. Shuningdek, fikr olish uchun yaqinlaringizga ko'rsating, biroq asosiy matn va g'oyalar albatta sizniki bo'lishi shart.
Esingizda bo'lsin, murakkab jumlalar sizni aqlliroq ko'rsatmaydi. Sodda, ravon va grammatik xatolarsiz yozilgan insho har doim qadrlanadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.