Matematika fanidan milliy sertifikat imtihoni spetsifikatsiyasi
Ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklar asosida matematika fanidan milliy sertifikat olish uchun test topshiriqlari tafsilotlarini taqdim etamiz.
Mazkur test varianti tafsilotining maqsadi matematika fanidan talabgorlarning bilim darajasini aniqlash, sertifikatlash jarayonini tartibga solish hamda baholash mezonlarini belgilashdan iborat. Agar siz milliy sertifikat sanalari bilan qiziqsangiz, tegishli sahifamizga tashrif buyurishingiz mumkin.
Test topshiriqlarini ishlab chiqish asoslari
Testlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4708-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 646-son qarori hamda amaldagi davlat ta’lim standarti asosida tuziladi. Shuningdek, DTM standartidagi test tizimi yordamida o'z bilimingizni sinab ko'rishingiz mumkin.
Qamrab olingan bo‘limlar
Davlat ta’lim standarti asosida quyidagi bo‘limlar qamrab olinadi:
- Sonlar va amallar
- Algebraik shakl almashtirishlar
- Tenglama va tengsizliklar
- Funksiyalar
- Matematik analiz asoslari
- Geometriya
- To‘plam, mulohazalar, ma’lumotlar tahlili, kombinatorika, ehtimollar nazariyasi va modellashtirish
Test topshiriqlarining turlari
- Y-1 – bitta to‘g‘ri javobga ega bo‘lgan muqobil javobli yopiq test topshirig‘i.
- Y-2 – moslashtirishni talab qiladigan muqobil javobli yopiq test topshirig‘i.
- O – qisqa javobni talab qiladigan (a va b bandlarga bo‘lingan) ochiq test topshirig‘i.
Test varianti formati












Baholash mezonlari
- Y-1: To‘g‘ri javob uchun 1,3 yoki 2,2 ball; noto‘g‘ri javob uchun 0 ball.
- Y-2: To‘g‘ri javob uchun 2,2 ball; noto‘g‘ri javob uchun 0 ball.
- O: a qism uchun 1,5 ball, b qism uchun 1,7 ball, jami 3,2 ball.
Izoh: Mazkur hujjatga aprobatsiya natijalari asosida o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.