Markaziy Osiyo Universiteti: 100% grantli ta’lim imkoniyati

Markaziy Osiyo universitetida o’qish uchun to’liq grant yutib oling. O’quv to’lovi, turar joy, noutbuk va 100% bandlik kafolatlangan. Batafsil ma’lumotni o’qing.

4
Markaziy Osiyo Universiteti: 100% grantli ta’lim imkoniyati

Markaziy Osiyo universitetida 100% grant yutib oling

Ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklarimizdan biri – Markaziy Osiyo universitetida abituriyentlar uchun taqdim etilayotgan keng ko'lamli grant dasturlari. Agar siz abituriyentlar uchun sifatli xorijiy ta'limni izlayotgan bo'lsangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun.

Nima uchun bu haqiqiy grant?

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan stipendiya quyidagi xarajatlarni to'liq qoplaydi:

  • O‘quv to‘lovlari;
  • Turar joy va yotoqxona;
  • Oziq-ovqat;
  • Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar;
  • Shaxsiy noutbuk;
  • Tibbiy xizmat, fitnes markazi va sport tadbirlari.

Kirish tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha talabalar moliyaviy yordam olishlari kafolatlanadi.

Universitet taklif etayotgan mutaxassisliklar

Markaziy Osiyo universiteti zamonaviy talablarga javob beradigan 4 ta yo'nalishda kadrlar tayyorlaydi. Oliy ma'lumot olishni rejalashtirayotganlar kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqishlari foydali bo'lishi mumkin.

  • Informatika
  • Aloqa va OAV
  • Yer va atrof-muhit fanlari
  • Iqtisodiyot

Universitetning afzalliklari:

  • Darslar to'liq ingliz tilida olib boriladi;
  • Pullik amaliyot va stajirovka imkoniyati;
  • Yotoqxonadan kafolatlangan joy;
  • 100% bandlik kafolati;
  • Zamonaviy va qulay kampus.

Qo'shimcha konsultatsiya olish uchun rasmiy veb-sayt: ucapromo.asia yoki +7705 927 29 00 (WhatsApp) raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ushbu yangilik sizga qanday ta'sir qildi? O'z fikringizni izohlarda yozib qoldiring!

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar