Pedagoglar malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan aniq sanalar
Oliy ta’lim va maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagoglar uchun muhim yangilik: joriy yilning avgust-dekabr oylarida pedagog kadrlar attestatsiyasi doirasida malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.
Quyida fanlar kesimida belgilangan aniq sinov sanalari keltirilgan:
- Informatika va axborot texnologiyalari: 29-oktabr
- Matematika, fizika: 30-31-oktabr
- Boshlang‘ich ta’lim: 1-2, 4-noyabr
- O‘zbek tili, ona tili va adabiyot: 5-6-noyabr
- Kimyo, biologiya, geografiya, iqtisod, CHQBT: 7-8-noyabr
- Tarix, tarbiya, davlat va huquq: 9-noyabr
- Xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, koreys, xitoy, yapon): 11-12-noyabr
- Rus tili, adabiyot, qirg‘iz, qozoq, tojik, turkman tillari va musiqa: 13-noyabr
- Jismoniy tarbiya, tasviriy san’at, chizmachilik, texnologiya: 14-noyabr
- Maktabgacha ta’lim, psixolog, defektolog, musiqa xodimi: 15-noyabr
San’at va dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha sinovlar
Maxsus yo‘nalishlar (musiqa adabiyoti, teatr, rassomchilik, dizayn va boshqalar) bo‘yicha sinovlar 16-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Pedagoglar o‘z bilimlarini baholashda DTM standartidagi test tizimi orqali tayyorgarlik ko‘rishlari tavsiya etiladi.
Eslatma: Attestatsiya sinovlari o‘tkaziladigan joy manzillari haqida oldinroq ma’lumot berilgan edi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.