Magistraturaga qabul 2024: Hujjatlar, Kvotalar va Imtihonlar

Magistraturaga hujjat topshirish tartibi, qabul kvotalari, kerakli hujjatlar ro‘yxati va onlayn imtihon jarayoni haqida batafsil ma’lumotlar bilan tanishing.

5
Magistraturaga qabul 2024: Hujjatlar, Kvotalar va Imtihonlar

Magistraturaga qabul: Asosiy ma'lumotlar

Ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklar: magistratura bosqichiga hujjat topshirish jarayoni va qabul tartiblari bilan tanishing. Agar siz kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot izlayotgan bo'lsangiz, ushbu qo'llanma sizga yordam beradi.

Hujjat topshirish tartibi

Magistratura uchun hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha (30-iyul kuni ham) onlayn tarzda magistr.edu.uz sayti orqali qabul qilinadi. OTMlarda qog'oz shaklida hujjatlar qabul qilinmaydi.

Kerakli hujjatlar:

  • Pasport ma'lumotlari (JShShIR, seriya va raqam);
  • Bakalavr diplomi va ilovasining skaner varianti;
  • Mavjud bo'lsa, chet tili sertifikati, olimpiada diplomi yoki stipendiya sohibi ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar.

Video yo'riqnoma:

Qabul kvotalari

Joriy o'quv yilida magistratura uchun ajratilgan umumiy kvotalar va yo'nalishlar kesimidagi taqsimot bilan quyidagi fayl orqali tanishishingiz mumkin:

Magistratura kvotalari: mutaxassisliklar va tillar kesimidagi taqsimot (.pdf)

Yo'nalishlar tanlovi

Bakalavrlar o'zlari istagan magistratura mutaxassisligini tanlash huquqiga ega (faqat ayrim istisnolar bilan). Abituriyentlar uchun bu katta imkoniyatdir.

Imtihon jarayoni

Magistraturaga kirish imtihonlari odatda 3-avgustdan 15-avgustgacha onlayn test shaklida o'tkaziladi. Bir vaqtning o'zida bir nechta yo'nalishga hujjat topshirishga ruxsat etilmaydi, chunki bazada ma'lumotlar saqlanadi va platforma takroriy urinishni qabul qilmaydi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar