Magistratura kirish imtihonlari: Chet tili test sinovlari
2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni chet tili bo‘yicha test sinovlari 28-29-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari jadvali va tartibi
Testlar uch smenada tashkil etiladi:
- 1-smena: 08:00 dan 09:00 ga qadar;
- 2-smena: 17:30 dan 18:30 ga qadar;
- 3-smena: 20:00 dan 21:00 ga qadar.
Talabgorlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida tanlangan chet tili fanidan 30 ta test topshirig‘i beriladi va buning uchun 1 soat vaqt ajratiladi. Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 50 ballni tashkil etadi.
Abituriyentlar uchun muhim tavsiyalar
Test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomani magistr.dtm.uz saytidan yuklab olishingiz mumkin. Shuningdek, kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin kelishingiz shart. Agar siz til sertifikatlari bo'yicha ma'lumot izlayotgan bo'lsangiz, milliy sertifikat sanalari sahifasiga o'tishingiz mumkin.
Sizda ushbu jarayon bo'yicha qanday savollar bor? Fik bor? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.