Magistratura qishki qabul natijalari bo'yicha rasmiy ma'lumot
So‘nggi kunlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga magistratura mutaxassisliklariga qishki qabul natijalari qachon e’lon qilinishi yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
Natijalar nega kechikmoqda?
Vazirlik axborot xizmati ma'lumotiga ko'ra, qabul jarayonida topshirilgan sertifikatlarni tegishli tashkilotlar bazalari orqali tekshirish ma’lum vaqt talab etmoqda. Hozirgi kunda hujjatlarning asosiy qismi tekshiruvdan o‘tkazildi va bu jarayon yaqin vaqt ichida yakuniga yetkaziladi.
Abituriyentlar uchun muhim eslatma
- Asoslanmagan xabarlarga ishonmang;
- Faqat vazirlikning rasmiy manbalarini kuzatib boring;
- Oliy ta’lim muassasalari bo'yicha oliygohlar kirish ballari bilan tanishib boring.
Qo'shimcha ma'lumotlar va yangiliklar uchun abituriyentlar uchun mo'ljallangan sahifamizni kuzatib boring. Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.