Magistratura bosqichi uchun Prezident stipendiyasi g‘oliblari rasman tasdiqlandi

Magistratura bosqichi talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan Prezident stipendiyasi tanlovida 22 nafar yoshlar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

•1 daqiqa mutolaa•110 marta ko'rildi
Magistratura bosqichi uchun Prezident stipendiyasi g‘oliblari rasman tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarori bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichining 22 nafar talabasi Prezident stipendiyasi tanlovi g‘olibi sifatida rasman tasdiqlandi.

Avvalroq bakalavriat bosqichi g‘oliblari haqida xabar bergan edik. Magistratura bo‘yicha tanlovda ishtirok etib, g‘olib bo‘la olmagan talabalar ham rahbariyat tomonidan rag‘batlantiriladi:

  • Tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilgan, ammo sovrindor bo‘la olmaganlarga — bazaviy stipendiyaning 5 baravari miqdorida;
  • Suhbat bosqichiga o‘ta olmagan talabgorlarga — bazaviy stipendiyaning 3 baravari miqdorida bir martalik pul to‘lanadi.

Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz!

Reklama

Nozima IdrokovaN
MAQOLA MUALLIFI
Nozima Idrokova
Oʻzbekistonda taʼlim masalalari boʻyicha 5 yillik ish tajribasiga ega ekspert.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar