Kontrakt to‘lov muddatlari 2024-2025: To‘liq qo‘llanma

Oliy ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatlari qanday? 1-kurs va yuqori kurs talabalari uchun belgilangan muddatlar bilan tanishing.

3
Kontrakt to‘lov muddatlari 2024-2025: To‘liq qo‘llanma

Kontrakt to‘lovlari: Muddatlar va tartib

Oliy ta'lim muassasalarida o‘qish uchun kontrakt to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish har bir talaba uchun muhim hisoblanadi. Quyida kontrakt to‘lovlarini bo‘lib to‘lash grafiklari keltirilgan.

Kontrakt to‘lash muddatlari

O‘quv yili davomida kontrakt mablag‘larini quyidagi muddatlarda to‘lab borish lozim:

  • 1-kurslar uchun: Kontraktning kamida 25 foizi 15-sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha).
  • 2- va undan keyingi kurslar uchun: 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha).
  • Bosqichma-bosqich to‘lash: Kontraktning kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha) to‘lanishi shart.

Shuningdek, talabalar uchun foydali ma'lumotlar va oliygohlar kirish ballari haqidagi yangiliklarni saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Muhim eslatma: Xorijiy fuqarolar uchun to‘lov muddatlari OTM rahbariyati tomonidan belgilanadi. Shuningdek, yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdori hali rasman tasdiqlanmaganini eslatib o‘tamiz.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar