O‘zbekistonda kibersport bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan yangi qarorga muvofiq, O‘zbekistonda kibersportni rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha muhim qadamlar tashlanmoqda. Endilikda abituriyentlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda.
“Sport faoliyati: kibersport” yo‘nalishida ta’lim
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab “Sport faoliyati: kibersport” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ishga tushiriladi. Eng muhim yangilik shundaki, ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil etib belgilandi. Bu esa kirish ballari yo'nalishlar kesimida tanlov jarayonida qatnashayotgan yoshlar uchun ajoyib yangilikdir.
Kibersport turnirlari taqvimi
Prezident qaroriga ko‘ra, endilikda har yili an’anaviy tarzda quyidagi nufuzli turnirlar o‘tkaziladi:
- Aprel oyi: “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati;
- Iyun oyi: “Yoshlar kubogi” turniri;
- Dekabr oyi: “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turniri.
Kibersport sohasida o‘z o‘rnini topmoqchi bo‘lgan abituriyentlar uchun bu yangilik kelajakda professional karyera qilish imkonini beradi. Siz bu yangilik haqida qanday fikrdasiz? Izohlarda yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.