Joriy yilda dars soatlari qanday taqsimlanadi? Tartib va qoidalar

Maktablarda dars soatlari o‘qituvchilarga qanday taqsimlanadi? Ustuvorlik beriladigan toifalar va tarifikatsiya ro‘yxatini shakllantirish tartibi bilan tanishing.

5
Joriy yilda dars soatlari qanday taqsimlanadi? Tartib va qoidalar

Joriy yilda dars soatlari qanday taqsimlanadi?

Ta'lim tizimida o‘qituvchilarning ish yuklamasini belgilashda shaffoflikni ta'minlash maqsadida dars soatlarini taqsimlashning aniq tartibi joriy etilgan. Bu jarayon «Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom asosida amalga oshiriladi.

Dars soatlarini taqsimlashda ustuvorliklar

O‘qituvchilarga dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:

  • Xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
  • O‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
  • Chet tili va STEAM fanlaridan xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL, IELTS 6.0 va h.k.);
  • TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan oliygohlarni bitirganlar;
  • Asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
  • Respublika bosqichidagi "Yil o‘qituvchisi" tanlovi sovrindorlari;
  • Oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
  • Pedagog attestatsiya natijalari va malaka toifasiga ega bo‘lgan boshqa mutaxassislar;
  • Magistr darajasiga ega o‘qituvchilar hamda fan bo‘yicha a'lo baholarga ega nomzodlar;
  • Oliy ma'lumotli toifasiz va qayta tayyorlash diplomiga ega o‘qituvchilar;
  • Oliy o‘quv yurtlarining pedagogik yo‘nalishdagi bitiruvchi bosqich talabalari;
  • Oliy ma'lumotli kadrlar yetishmagan hududlarda o‘rta maxsus ma'lumotli o‘qituvchilar va rahbar xodimlar.

Ushbu ketma-ketlik asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi. Shuningdek, maksimal dars soati olish huquqiga ega o‘qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo‘lgan soatlar boshqa o‘qituvchilarga taqsimlanishi mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar