Isitmasi bor abituriyentlar imtihonga kiradimi? Yangi tartib

Tana harorati 37 darajadan yuqori bo’lgan abituriyentlar testga kiritilmaydi. Ulardan qayta imtihon olish tartibi va qoidalari bilan batafsil tanishing.

4
Isitmasi bor abituriyentlar imtihonga kiradimi? Yangi tartib

Isitmasi bor abituriyentlar uchun test sinovlari tartibi

2020/21 o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan kirish imtihonlarida abituriyentlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangi sanitariya talablari joriy etildi. Agar imtihon kuni abituriyentning tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lsa, u hududga kiritilmaydi.

Isitmasi bor abituriyentlardan qachon imtihon olinadi?

Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga ko‘ra, tana harorati yuqori bo‘lgani sababli testga kiritilmagan abituriyentlar uchun alohida shartlar mavjud:

  • Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan tibbiy tekshiruv o‘tkaziladi va dalolatnoma tuziladi.
  • Koronavirus aniqlanmagan taqdirda, respublika bo‘yicha asosiy test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, 4-kunida qayta imtihon tashkil etiladi.
  • Abituriyentlar imtihon vaqti va joyi haqida shaxsiy kabineti yoki telefon raqami orqali kamida bir kun oldin ogohlantiriladi.

Eslatib o‘tamiz, qayta o‘tkaziladigan imtihon kuni ham tana harorati yuqori bo‘lsa, abituriyent testda ishtirok eta olmaydi. O‘zingizni tayyorlash va DTM standartidagi test tizimi orqali bilimingizni sinab ko‘rishni unutmang. Shuningdek, abituriyentlar uchun barcha dolzarb yangiliklarni kuzatib boring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar