Jurnalistlar uchun 15 000 dollargacha biznes grant tanlovi

Iqtisodiyot va biznes yo’nalishida ijod qiluvchi jurnalistlar uchun 15 000 dollargacha grant ajratilmoqda. Talablar, ro’yxatdan o’tish va batafsil ma’lumot.

4
Jurnalistlar uchun 15 000 dollargacha biznes grant tanlovi

Iqtisodiyot va biznes jurnalistikasi uchun 15 000 dollargacha grant

Iqtisodiyot, moliya va biznes mavzularini yorituvchi jurnalistlar uchun ajoyib imkoniyat! Xalqaro miqyosdagi grant dasturi o‘z loyihalarini taqdim etmoqchi bo‘lgan ijodkorlarni chorlaydi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Tanlov tajribali jurnalistlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • Iqtisodiyot, moliya yoki biznes sohasiga oid dolzarb loyiha;
  • Kamida 5 yillik professional ish tajribasi;
  • Ingliz tilini yuqori darajada bilish.

Grant shartlari va imkoniyatlar

Tanlovda audio, video va matn ko‘rinishidagi materiallar qabul qilinadi. Uchala formatni uyg‘unlashtirib yaratilgan ijodiy ishlar yuqori baholanadi. G‘oliblar 15 000 dollargacha bo‘lgan moliyaviy yordam hamda professional muharrirlik ko‘magiga ega bo‘ladilar.

Agar siz jurnalistika sohasida faoliyat yuritayotgan bo‘lsangiz, talabalar uchun va yosh mutaxassislar uchun mo‘ljallangan boshqa barcha maqolalar bilan ham tanishib chiqishingiz mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish

Ariza topshirish muddati: 2022-yil, 30-sentabrgacha. Qo‘shimcha savollar uchun [email protected] manziliga murojaat qiling.

Batafsil ma'lumot bilan ushbu havola orqali tanishing.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar