InfoeduTa'lim xabarlari va yangiliklari

Innovatsion rivojlanish vazirligi “Olima ayollar” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini eʼlon qiladi

Ta’lim tizimida kutilayotgan o’zgarishlar haqida: Qisqacha mazmun:Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar www.grant.mininnovation.uz – davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2022-yilning 2-mayiga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.Tanlovga bajarilishi bir yilga mo’ljallangan amaliy va innovatsion loyihalar qabul qilinadi.Ilmiy loyiha hujjatlarini grant.mininnovation.uz elektron platformasi orqali ro’yxatdan o’tkazish jarayonida quyidagi hujjatlar asl nusxalarining pdf/doc shakli elektron […]

1
Innovatsion rivojlanish vazirligi “Olima ayollar” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini eʼlon qiladi
Ta'lim tizimida kutilayotgan o'zgarishlar haqida:

Qisqacha mazmun:
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar www.grant.mininnovation.uz – davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2022-yilning 2-mayiga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Tanlovga bajarilishi bir yilga mo'ljallangan amaliy va innovatsion loyihalar qabul qilinadi.
Ilmiy loyiha hujjatlarini grant.mininnovation.uz elektron platformasi orqali ro'yxatdan o'tkazish jarayonida quyidagi hujjatlar asl nusxalarining pdf/doc shakli elektron platformaga yuklanishi lozim: ijrochi tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan yo'llanma xat (.pdf); ijrochi tashkilotning ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi qaroridan ko'chirma (.pdf); amaliy yoki innovatsion loyiha matni (imzo va muhr qo'yilgan holda pdf va .doc/.docx).

Umumiy ma’lumotlar:

Tanlovning asosiy maqsadi – respublikamizda xotin-qizlarni ilm-fanga keng jalb qilish, fan-taʼlim va iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida ilmiy faoliyat bilan shug'ullanayotgan xotin-qizlarning yangi g'oya va ishlanmalarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar natijalari bo'yicha iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari, real ehtiyojlari hamda hududiy muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy hajmdor mahsulotlar va innovatsion texnologiyalarni yaratishdan iborat.

Tanlov shartlari.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar www.grant.mininnovation.uzdavlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2022-yilning 2-mayiga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Loyiha ijrochilarining tarkibi faqatgina xotin-qizlardan iborat bo'lishi, ilmiy jamoaning o'rtacha yoshi 45 yoshdan oshmasligi, shuningdek ilmiy jamoada yosh olimalar, iqtidorli talaba va magistrantlar ishtirok etishi lozim

Tanlovda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o'rta maxsus taʼlim vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida hamda ilmiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi boshqa tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan ilmiy darajaga ega xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin.

Ijrochi tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi majlisining bayonidan ko'chirmada va loyihaning 4.6-bandida bajarilishi rejalashtirilgan ilmiy loyiha yakunida qo'lga kiritiladigan muhim ilmiy natija (yakuniy mahsulot, yangi ishlanma, texnologiya) quyidagi minimum talablarga javob berishi qayd etilishi (asoslab berilishi) lozim:

  • aniq iqtisodiyot tarmog'idagi yoki muayyan ijtimoiy sohadagi mavjud muammoning ilmiy yechimini taʼminlashga qaratilganligi (yillik talab/ehtiyoj aniq raqamlarda ko'rsatilishi lozim);
  • mavjud/xorijiy (import) analoglari bilan taqqoslangan holda qiyosiy ustunligining mavjudligi (aniq raqamlarda ko'rsatilishi zarur);
  • tijoratlashtirish/joriy etishdan olinadigan aniq iqtisodiy (ijtimoiy/amaliy) samaraning mavjudligi.

Tanlovga bajarilishi bir yilga mo'ljallangan amaliy va innovatsion loyihalar qabul qilinadi. Bajarilishi bir yildan ortiq muddatlarga mo'ljallangan ilmiy loyihalar dastlabki texnik ekspertizadan o'tkazilmaydi va ko'rib chiqilmaydi.

Loyiha rahbari tomonidan tanlovga faqat bitta loyiha taqdim etilishi mumkin. Agar loyiha rahbari tomonidan amalda ilmiy loyiha bajarilayotgan bo'lsa, bir vaqtning o'zida bir turdagi ikkita loyihaga rahbar bo'lishiga ruxsat etilmaydi.

Ilmiy loyiha hujjatlarini grant.mininnovation.uz elektron platformasi orqali ro'yxatdan o'tkazish jarayonida quyidagi hujjatlar asl nusxalarining pdf/doc shakli elektron platformaga yuklanishi lozim:

  • ijrochi tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan yo'llanma xat (.pdf);
  • ijrochi tashkilotning ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi qaroridan ko'chirma (.pdf);
  • amaliy yoki innovatsion loyiha matni (imzo va muhr qo'yilgan holda pdf va .doc/.docx).

Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qatʼiy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko'chirmachilikka (plagiatga) yo'l qo'yilmaganligi, ushbu mavzu doirasida avval ilmiy loyiha bajarilmaganligi, tanlov talablari asosida shakllantirilganligi, shuningdek loyiha yakunida qo'lga kiritiladigan muhim ilmiy natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq to'liq asoslanganligi va so'ralgan mablag'larning tanlov shartlarida keltirilgan moliyalashtirish hajmiga muvofiq to'g'ri hisob-kitob qilinganligi bo'yicha dastlabki texnik ekspertizadan o'tkaziladi.

Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning har bir bosqichda ko'rib chiqish natijalari to'g'risidagi maʼlumotlar grant.mininnovation.uz elektron platformasida loyiha rahbarlarining shaxsiy kabinetlarida ko'rsatiladigan interaktiv xizmat orqali taqdim etib boriladi.

Rasmiy batafsil ma’lumotlar bilan BU YERDA tanishib chiqishingiz mumkin.

Ilmiy loyihalarni grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovga ilmiy loyiha taqdim etish” sahifasi orqali elektron ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq texnik masalalar bo'yicha Innovatsion rivojlanish vazirligining texnik jihatdan qo'llab-quvvatlash xizmati: +998-71-203-32-32, +998-90 989-92-94.



Ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Javoblar (0 )



















O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar