Griffith Remarkable Scholarship: O'qish to'lovining 50% ini qoplang
Avstraliyaning nufuzli Griffith universiteti xalqaro talabalar uchun Griffith Remarkable Scholarship grant dasturini e'lon qildi. Ushbu stipendiya akademik va ijtimoiy yutuqlarga erishgan nomzodlar uchun o'qish to'lovining 50% ini qoplab beradi.
Grantga qo'yiladigan asosiy talablar
Grantni qo'lga kiritish uchun nomzodlar quyidagi mezonlarga javob berishlari kerak:
- Avstraliya yoki Yangi Zelandiya fuqarosi bo'lmaslik;
- Oldingi ta'lim dasturlarida 5,5 yoki undan yuqori GPA (yoki ekvivalent 7 ball) ko'rsatkichiga ega bo'lish;
- Griffith universitetining bakalavriat yoki magistratura dasturiga ariza topshirgan bo'lish;
- Universitetning akademik va ingliz tili talablarini to'liq qondirish;
- 2022-yil 2 yoki 3-trimestrdan boshlab to'liq vaqtda (40CP) o'qishni boshlash.
Ariza topshirish jarayoni
Grantga ariza topshirish uchun quyidagi qadamlarni bajaring:
- Universitetning rasmiy sayti orqali bakalavriat yoki magistratura kursiga ariza topshiring.
- Belgilangan muddat ichida stipendiya uchun maxsus ariza shaklini to'ldiring.
- Universitet komissiyasi tomonidan arizangiz ko'rib chiqiladi va natijalar haqida xabar beriladi.
Eslatma: Grantni qo'lga kiritgandan so'ng, Letter of Offer va stipendiyani belgilangan muddatgacha qabul qilishingiz shart. Aks holda, grant bekor qilinadi. Qo'shimcha ma'lumotlar uchun abituriyentlar uchun va talabalar uchun mo'ljallangan bo'limlarimizga tashrif buyuring.
3-trimestr uchun arizalar qabul qilishning oxirgi muddati: 5-avgust, 2022.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.