Oliy ta'limda grantlarni qayta taqsimlash: 2025-yilgi yangi qoidalar
2025-yil 10-martdagi Hukumat qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalarida grantlarni qayta taqsimlashning yangi tartibi tasdiqlandi. Endilikda talabalar uchun grant olish jarayoni shaffof va aniq mezonlarga asoslanadi.
Grant olish uchun asosiy talablar
Grantga da’vogar talaba quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
- Talabaning GPA o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 3.5 va undan yuqori bo‘lishi shart.
- GPA 3.5 dan past bo‘lgan talabalar tanlovda ishtirok eta olmaydi.
- Talabalar rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘tib, yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni yuklashlari lozim.
Baholash mezonlari qanday belgilanadi?
Grantlar ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha 100 ballik tizimda baholanadi:
1. Akademik o‘zlashtirish (Maksimum 80 ball)
Talabaning GPA ko‘rsatkichi 16 ga ko‘paytiriladi. Masalan, 3.8 GPA = 60.8 ball.
2. Ijtimoiy faollik (Maksimum 20 ball)
Maxsus komissiya talabaning kitobxonlik, volontyorlik, fan olimpiadalari, sport va “5 muhim tashabbus”dagi faolligini baholaydi. Shuningdek, oliygohlar kirish ballari va ichki tartib-intizom ham inobatga olinadi.
Grantni qayta taqsimlash bosqichlari
- Talaba elektron tizimda ro‘yxatdan o‘tadi.
- Akademik va ijtimoiy faollik ballari hisoblanadi.
- Natijalar komissiyaga taqdim etiladi.
- Maxsus komissiya reytingni shakllantiradi.
- Kengash yakuniy qarorni qabul qiladi.
- Natijalar 25-avgustgacha e’lon qilinadi.
Teng natija qayd etilsa nima bo'ladi?
Agar talabalar bir xil ball to‘plasa, birinchi navbatda GPA ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan talabaga ustunlik beriladi. Agar GPA ham teng bo‘lsa, mutaxassislik fanlaridan qo‘shimcha test sinovi o‘tkaziladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.