Davlat granti tizimidagi yangi tartib: Nimalar o‘zgardi?
Oliy ta'lim tizimida muhim o‘zgarish ro‘y berdi. Endilikda davlat granti bitta talabaga 4 yil muddatga emas, balki har yili akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan talabalar o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Bu yangilik talabalar uchun o‘qishga bo‘lgan mas’uliyatni oshirishni maqsad qilgan.
Nima uchun grant tizimi o‘zgartirildi?
Ilgari 0,75 yoki 2-3 ball farqi bilan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga kirgan, natijada iqtisodiy qiyinchiliklar sabab ta'limni tark etgan yoshlar ko‘p edi. Yangi tartib quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- Talabalarda raqobat muhitini shakllantirish;
- Grant o‘rnini munosib va bilimli yoshlarga taqdim etish;
- Ta'lim sifatini oshirish va kadrlar salohiyatini yuksaltirish.
Abituriyentlar uchun muhim eslatma
Kelgusi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Grant o‘rnini saqlab qolish uchun esa endilikda har bir semestrda yuqori natijalar ko‘rsatish talab etiladi.
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Fikr va mulohazalaringizni izohlar bo‘limida qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.