Grant va kontraktga o’tish ballari hali e’lon qilinmadi

Kvotalar chiqdi, imtihonlar davom etyapti, lekin grant va kontraktga o’tish ballari hozircha e’lon qilinmadi. O’tgan yillarda grant uchun 68,0 va kontrakt uchun 56,7 ball minimal chegara bo’lgan.

Grant va kontraktga o’tish ballari hali e’lon qilinmadi

Kvotalar e'lon qilindi — barcha qabul kvotalari to'liq tasdiqlandi. Imtihonlar davom etyapti. Ammo abituriyentlarni eng ko'p qiziqtirayotgan savol — grant va kontraktga o'tish ballari qachon e'lon qilinadi? Hozircha bu ballar rasman e'lon qilinmagan.

Shunga qaramay, bu ballar bir necha yildan beri deyarli o'zgarmay kelmoqda:

  • Davlat granti uchun minimal o'tish bali — 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 foizi);
  • To'lov-kontrakt uchun minimal o'tish bali — 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 foizi).

Nega aynan 56,7 ball muhimligi haqida avvalroq batafsil tushuntirib o'tgandik. Qisqasi: hatto ajratilgan kvota o'rinlariga balli yetgan taqdirda ham, 56,7 balldan kam to'plagan abituriyent talaba bo'lolmaydi. Bunday holatda faqat super-kontrakt orqali o'qishga kirish imkoniyati mavjud.

Rasmiy o'tish ballari e'lon qilinishi bilan InfoEdu.uz orqali birinchi bo'lib xabar beramiz.

Hozircha rasmiy o'tish ballari e'lon qilinmagan. Imtihonlar yakunlangach, Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
So'nggi yillarda davlat granti uchun 68,0 ball, to'lov-kontrakt uchun 56,7 ball minimal chegara sifatida belgilangan.
56,7 balldan past to'plagan abituriyentlar faqat super-kontrakt asosida o'qishga kirish imkoniyatiga ega.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar