Ko'pchilik abituriyentlarda "nega aynan 56,7 ball muhim?" degan savol tug'iladi. Sababi oddiy — hatto ajratilgan kvota o'rinlariga balli yetgan taqdirda ham, 56,7 balldan kam to'plagan abituriyent talaba bo'lolmaydi.
Davlat komissiyasi tomonidan quyidagi minimal o'tish ballari belgilangan:
- Davlat granti uchun — 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 foizi);
- To'lov-kontrakt uchun — 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 foizi).
Reklama
Demak, 56,7 balldan kam to'plagan abituriyentlar faqat super-kontrakt orqali talaba bo'lish imkoniga ega. Super-kontrakt bo'yicha barcha savollarga javoblar bilan avvalroq batafsil tanishishingiz mumkin.
Ta'limga oid eng muhim yangiliklar va tushuntirishlarni InfoEdu.uz orqali muntazam kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.