Germaniyada kitob savdosi hajmi qisqarib, yosh kitob xaridorlari soni tobora kamaymoqda. Kitob savdosi sohasi vakillarining ogohlantirishicha, kitobxonlik inqirozi nafaqat bozorga, balki mamlakat ta'lim tizimiga ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Germaniya kitob savdosi uyushmasi malumotlariga kora, 2025-yilda sohaning umumiy savdo hajmi 9,62 milliard yevroni tashkil etgan. Bu 2024-yilga nisbatan 2,7 foizga kam. 2026-yilning dastlabki olti oyida esa kitob savdosi yana 4,1 foizga qisqargan.
Eng katta pasayish yoshlar orasida
2025-yilda 10–15 yoshdagi kitob xaridorlari soni 30 foizdan ortiqqa, 20–29 yoshdagi yoshlar orasida esa qariyb 18 foizga kamaygan. Taqqoslash uchun, barcha yosh toifalari boyicha kitob xaridorlarining umumiy soni taxminan 5 foizga qisqargan.
Germaniya kitob savdosi uyushmasi rahbari Sebastyan Guggoltsning ta'kidlashicha, ta'lim siyosatidagi kop yillik kamchiliklar aholining savodxonlik darajasining asta-sekin pasayishiga olib kelgan. U siyosatchilarni vaziyatga jiddiy e'tibor qaratishga chaqirgan.
Qaysi yo'nalishlarda pasayish kuzatilgan
- Sayohat adabiyotlari — 11,6 foizga kamaygan
- Amaliy va metodik qollanmalar — 8,1 foizga kamaygan
- Ilmiy-ommabop adabiyotlar — 4,6 foizga kamaygan
- Bolalar va osmirlar kitoblari — 2,4 foizga kamaygan
- Badiiy adabiyotlar — 1,2 foizga oshgan
2025-yilda Germaniyada 52 ming 644 nomdagi yangi kitob nashr etilgan — bu avvalgi yilga nisbatan qariyb 10 foizga kam. An'anaviy kitob do'konlari savdosi 3,7 foizga kamaygan, audiokitoblar bozori esa 13 foizdan ortiqqa o'sgan.
Soha mutaxassislarining fikricha, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholining savodxonlik darajasini oshirish boyicha tizimli choralar korilmasa, bu muammo uzoq muddatli jiddiy ingirozga aylanishi mumkin.
Jahon talimidagi eng muhim yangiliklarni InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.