Filologiya masalalari – yosh tadqiqotchilar nigohida
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalar va abituriyentlar uchun muhim ilmiy yangilikni e’lon qildi.
2021-yil 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanda yosh tadqiqotchilar o‘z ilmiy izlanishlari bilan ishtirok etishlari mumkin. Bu kabi ilmiy tadbirlar talabalar uchun o‘z salohiyatini namoyon etishda katta imkoniyatdir.
Konferensiya sho‘balari
- Tilshunoslik: til tarixi, nazariyasi va hozirgi o‘zbek adabiy tili.
- Adabiyotshunoslik: o‘zbek adabiyoti tarixi, zamonaviy jarayonlar va folklorshunoslik.
- Tarjimashunoslik: tarjima nazariyasi va amaliyoti.
- O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi.
Muhim ma'lumot: Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Konferensiya yakunida eng yaxshi maqola mualliflari sertifikatlar bilan taqdirlanadi. Ishtirokchilar anjumanda sirtdan ham qatnashishlari mumkin.
Maqolalarni yuborish tartibi
Ilmiy ishlar 2021-yilning 10-noyabrigacha quyidagi telegram manzillari orqali qabul qilinadi:
- Tilshunoslik: https://t.me/konferensiya_tilshunoslik
- Adabiyotshunoslik: https://t.me/konferensiya_adabiyotshunoslik
- Amaliy filologiya: https://t.me/konferensiya_amaliy_filologiya
- O‘qitish metodikasi: https://t.me/konferensiya_metodika
- Tarjimashunoslik: https://t.me/konferensiya_tarjimashunoslik
Tashkiliy qo‘mita manzil: ToshTO‘DAU, Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi, 423-xona. Mas’ul: Dilnavoz Najimova (@Dilnavoz_Najimova).

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.