Eronlik o’qituvchining ibratli darsi: Insonparvarlik namunasi

Eronlik o’qituvchi Ali Mohammadian kasal o’quvchisini qo’llab-quvvatlash uchun sochlarini oldirdi. Bu jasorat butun sinfni birlashtirdi.

4
Eronlik o’qituvchining ibratli darsi: Insonparvarlik namunasi

Insonparvarlik darsi: O'qituvchi jasorati

Eronning chekka qishlog'idagi maktabda sodir bo'lgan voqea butun dunyoga tarqaldi. Maktab o'qituvchisi Ali Mohammadian o'z o'quvchisi Mahan kasallik sababli sochidan ayrilgani uchun sinfdoshlari tomonidan masxara qilinganini ko'rib qoladi.

O'qituvchi va o'quvchilar birdamligi

O'qituvchi bolalarni jazolash o'rniga, o'z sochlarini oldirib, o'quvchisiga ma'naviy dalda berishga qaror qiladi. U shunday deydi: «O'quvchim Mahan sochlaridan ayrilgach, do'stlaridan uzoqlashdi va xomush yuradigan bo'ldi. Birgina istagim, unga yaqin bo'lib, darslarga e'tiborini qaytarish edi».

Bu holatdan ta'sirlangan sinfdagi 23 nafar o'quvchi ham ustozi kabi sochlarini oldirib, o'z do'stini qo'llab-quvvatlashgan.

Agar o'qituvchi idealist bo'lsa, nurayotgan binolarni ham, so'nayotgan qalblarni ham qutqara oladi! Ushbu ibratli voqea haqida o'z fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar