Barcha talabalarning elektron talabalik guvohnomalari tayyorlandi. Endilikda talabalar guvohnomani MyGov ilovasi orqali elektron shaklda yuklab olib, undan transport va qonunchilikda belgilangan boshqa imtiyozlardan foydalanishda qo'llashi mumkin.
Yuklab olish tartibi
- MyGov ilovasini Play Market yoki App Store orqali yuklab olish;
- Ilovaga kirib, shaxsiy profilni ochish;
- “Profil” bo'limiga o'tish;
- Elektron hujjatlar orasidan “Talabalik guvohnomasi”ni topish;
- Guvohnomani telefonga yuklab olib, saqlab qo'yish.
Reklama
Beradigan imtiyozlar
Elektron guvohnoma talabaning talabalik maqomini tasdiqlash uchun xizmat qiladi. Shuningdek, u orqali avtobus, metro, poyezd va samolyot chiptalarini imtiyozli (chegirmali) narxlarda xarid qilish mumkin.
2025-yil 1-iyuldan talabalik guvohnomasining elektron shakli ham rasman tan olinadi.
MyGov ilovasi orqali: “Profil” bo'limida elektron hujjatlar orasidan “Talabalik guvohnomasi”ni topib, yuklab olish mumkin.
Talabalik maqomini tasdiqlash hamda avtobus, metro, poyezd va samolyot chiptalarini chegirmali narxlarda xarid qilish imkoniyati.
2025-yil 1-iyuldan boshlab.











Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring