Diniy ta’lim muassasalarida abituriyentlar uchun “Call center” xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida abituriyentlar uchun maxsus “Call center” (konsultatsiya markazlari) faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu xizmat abituriyentlar uchun qabul jarayoni bo‘yicha yuzaga kelgan savollarga tezkor javob olish imkonini beradi.
Konsultatsiya markazlari dushanbadan shanbagacha, soat 09:00 dan 17:00 gacha xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olishni istagan abituriyentlar ushbu raqamlar orqali bog‘lanishlari mumkin.
Diniy ta’lim muassasalari telefon raqamlari:
- Toshkent islom instituti: 71-227-23-47
- Mir Arab oliy madrasasi: 95-604-45-97
- Hadis ilmi maktabi: 66-240-20-51
- Ko‘kaldosh madrasasi: 71-249-30-90
- Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti: 71-299-24-11
- Sayyid Muhyiddin Maxdum madrasasi: 99-971-12-08
- Hidoya o‘rta-maxsus islom bilim yurti: 69-226-60-60
- Xoja Buxoriy madrasasi: 75-542-72-25
- Imom Termiziy madrasasi: 97-389-06-50
- Mir Arab o‘rta-maxsus islom bilim yurti: 95-600-45-97
- Jo‘ybori Kalon madrasasi: 65-221-77-44
- Faxriddin ar-Roziy madrasasi: 95-602-70-21
- Muhammad al-Beruniy o‘rta-maxsus islom bilim yurti: 61-229-03-20
Ushbu ma’lumotlar rasmiy manbalardan olingan bo‘lib, abituriyentlarimizga qabul jarayonida yordam berish maqsadida taqdim etilmoqda.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.