Talabalar stipendiyasi: Asosiy qoidalar va miqdorlar
Yangi o‘quv yilida talabalar uchun stipendiya to‘lovlari tizimi bilan yaqindan tanishish muhim. O‘qish jarayonida muvaffaqiyatga erishish va talabalar uchun ajratiladigan moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun quyidagi ma’lumotlarga e’tibor bering.
1. Davlat granti asosida o‘qiyotgan talabalar
- Barcha grant asosida o‘qiyotgan talabalar bazaviy 517 880 so‘m stipendiya oladi.
- Semestr yakunida barcha fanlardan “a’lo” (5) baho olgan talabalarga bazaviy stipendiyaning 20% oshirilgan shakli – 621 456 so‘m tayinlanadi.
- 30% yoki undan ortiq fanlardan “qoniqarli” (3) baho olganlarga keyingi semestrda stipendiya to‘lanmaydi.
2. To‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar
Kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarning stipendiya olishi shartnoma turiga bog‘liq:
- Stipendiyali kontrakt: Talaba baholaridan qat’i nazar, kafolatlangan 517 880 so‘m stipendiya oladi.
- Stipendiyasiz kontrakt: Bunda talaba stipendiya olmaydi, ammo barcha fanlardan “a’lo” (5) baho olsa, 103 576 so‘m miqdorida rag‘batlantiruvchi stipendiya olishi mumkin.
Siz o‘zingizni qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha kirish ballari yo‘nalishlar kesimida ma’lumotlarni ham tekshirib ko‘rishingiz mumkin.
3. Imtiyozli toifadagi talabalar
Ayrim toifadagi talabalar uchun davlat tomonidan qo‘shimcha imtiyozlar belgilangan:
- 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar: O‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar, 776 820 so‘m stipendiya oladi.
- Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum talabalar: Fanlardan qarzi bo‘lmagan taqdirda 776 820 so‘m stipendiya bilan ta’minlanadi.
Manba: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarori.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.