Chet tili test sinovi sanalari: Barchasi aniq bo'ldi
Abituriyentlar va talabalar uchun muhim yangilik! Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazilish sanalari rasman e’lon qilindi.
Test sinovlari qachon o'tkaziladi?
Belgilangan jadvalga ko‘ra, imtihonlar ikki bosqichda tashkil etiladi:
- Yozma qism: 19–20-oktabr kunlari;
- Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari: 21-oktabrdan 5-noyabrgacha (dam olish kunlaridan tashqari).
Agar siz milliy sertifikat sanalari haqida qo'shimcha ma'lumot izlayotgan bo'lsangiz, ushbu jadval sizga yordam beradi. Shuningdek, abituriyentlar uchun foydali maslahatlar va yangiliklarni saytimiz orqali kuzatib boring.
Imtihonga tayyorgarlik va ruxsatnoma
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilib olishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari shart.
Eslatma: Test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan yetib kelishingiz so‘raladi.
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Fikr va mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.