Chet tili imtihoni uchun my.gov.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlariga my.gov.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq va bosqichma-bosqich yo‘riqnoma.

16
Chet tili imtihoni uchun my.gov.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish

Chet tili imtihoniga onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlariga tayyorgarlik ko'rayotgan abituriyentlar uchun milliy sertifikat sanalarini bilish juda muhim. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni to‘liq onlayn tarzda amalga oshiriladi.

id.egov.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tish

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP – my.gov.uz) dan foydalanish uchun avval id.egov.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tish lozim. Quyidagi havolalar orqali yo‘riqnomalar bilan tanishishingiz mumkin:

Test sinovi uchun onlayn ariza berish

Vazirlar Mahkamasining 73-son qaroriga muvofiq, chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun abituriyentlar uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni my.gov.uz portali orqali amalga oshiriladi. Xizmat saytning “Ta’lim” bo‘limida joylashgan (1-rasm).

1-rasm. Sohalar

Ro‘yxatdan o‘tish uchun “Chet tilini bilish darajasini aniqlash” xizmatini tanlang (2-rasm).

2-rasm. “Ta’lim” sohasi

Ro‘yxatdan o‘tish 4 ta qadamdan iborat bo‘lib, 1-qadam oferta bilan tanishish, 2-qadam arizachi ma’lumotlarini to‘ldirish, 3-qadam test ma’lumotlarini kiritish va 4-qadam to‘lovni amalga oshirishdan iborat.

3-qadamda arizachi test topshirish hududini tanlaydi (6-rasm).

6-rasm. Test haqida ma’lumot (3-qadam)

4-qadamda to‘lov amalga oshiriladi (9-rasm).

9-rasm. To‘lov (4-qadam)

To‘lovni Click, Payme yoki bank kassalari orqali amalga oshirish mumkin. To‘lovdan so‘ng qaydnoma shakllanadi.

Test sinovi jadvali

Test sinovlari muddatlari va sanalari bilan quyidagi rasmda tanishishingiz mumkin (11-rasm):

11-rasm. Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar