Najot Ta’lim va Cambridge’dan 1.2 mlrd so‘mlik bepul grant

Najot Ta’lim va Cambridge o‘quv markazlari kam ta’minlangan yoshlar uchun 1 mlrd 200 mln so‘mlik “Kelajak yoshlari” grant loyihasini e’lon qildi. Barchasi haqida.

4
Najot Ta’lim va Cambridge’dan 1.2 mlrd so‘mlik bepul grant

“Kelajak yoshlari” grant loyihasi: 1 mlrd 200 mln so‘mlik imkoniyat

«Najot Ta’lim» va «Cambridge» o‘quv markazlari hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kelajak yoshlari” grant dasturini ishga tushirdi. Loyihaning umumiy qiymati 1 mlrd 200 million so‘mni tashkil etadi.

Grant kimlar uchun va nimalar o‘rgatiladi?

Ushbu loyiha doirasida 60 nafar iqtidorli yigit-qiz 1 yil davomida mutlaqo bepul ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘quv dasturiga quyidagi yo‘nalishlar kiritilgan:

  • Ingliz tili;
  • Standart dasturlash;
  • Grafik dizayn.

Grantda ishtirok etish uchun nomzodlar 15 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lishi, kam ta’minlangan yoki boquvchisini yo‘qotgan oilalar vakili bo‘lishi hamda respublikamizning istalgan hududidan ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Qanday qilib grant sohibi bo‘lish mumkin?

Saralash jarayoni «Najot Ta’lim» va «Cambridge» mutaxassislari tomonidan motivatsion xat va suhbat asosida amalga oshiriladi. Arizalar 22-apreldan 5-mayga qadar qabul qilinadi. Batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Ta’lim sohasidagi yangiliklar va abituriyentlar uchun foydali ma’lumotlarni kuzatib boring. Shuningdek, o‘z bilimingizni DTM standartidagi test tizimi yordamida sinab ko‘rishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar