Universitetdagi ilk hafta: Birinchi kurs talabalarini nimalar kutmoqda?
Maktabdan universitetga o‘tish har bir yosh uchun yangi bosqich. Talabalar uchun yangi o‘quv yili odatda tantanali ochilish tadbiri bilan boshlanadi. Bu tadbirda siz fakultet va yo‘nalishingiz bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘lasiz hamda guruhlarga taqsimlanasiz.
Tutor tizimi va muhim o‘zgarishlar
Har bir guruhga maxsus tutor (guruh rahbari) biriktiriladi. Tutor sizning savollaringiz, takliflaringiz va muammolaringiz bilan shug‘ullanuvchi asosiy shaxs hisoblanadi. Shuningdek, maktabdagi tushunchalar universitet muhitida o‘zgarganini bilib olishingiz foydali:
- Sinf – kurs
- Sinfxona – auditoriya
- Direktor – rektor
- Sinf rahbar – tutor
O‘qish jarayonida ham sezilarli farqlar bor: 45 daqiqalik darslar o‘rnini 80 daqiqalik juftlik darslari egallaydi. Darslar nazariy va amaliy qismlarga ajratiladi. O‘zingiz tanlagan kirish ballari yo'nalishlar kesimida ta’lim olish jarayoni yanada chuqurlashadi.
Birinchi kurs talabalari uchun 4 ta muhim maslahat:
- Faol bo‘ling: Universitetdagi turli klublar, seminarlar va to‘garaklarda qatnashib, ijtimoiy hayotingizni boyiting.
- Tarmoq yarating: Professorlar va o‘qituvchilar bilan yaqin aloqa o‘rnatish kelajakdagi karyerangiz uchun juda muhim.
- Sog‘lig‘ingizga e’tibor bering: Talabalikda tartibsiz ovqatlanish salomatlikka zarar yetkazishi mumkin, shuning uchun sog‘lom turmush tarziga amal qiling.
- Mustaqil o‘qishni tashkil qiling: Universitetda o‘qituvchi faqat yo‘nalish beradi, asosiy bilim esa sizning mustaqil izlanishingizga bog‘liq.
Siz uchun universitet hayotidagi eng qiyin jihat nima bo‘ldi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring!

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.