O‘zbekiston davlat oliygohlarini xususiylashtirish: Nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida ayrim davlat oliygohlarini xususiylashtirish va universitet maqomiga o‘tkazish rejalari.

4
O‘zbekiston davlat oliygohlarini xususiylashtirish: Nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekistonda davlat oliygohlarini xususiylashtirish rejalari

Talabalar va abituriyentlar uchun ta’lim tizimida muhim o‘zgarishlar kutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, tizimni tubdan isloh qilish ko‘zda tutilgan.

Nimalar o‘zgaradi?

Tajriba tariqasida ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarini (oliy harbiy taʼlim muassasalari bundan mustasno) davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish belgilangan. Bunda davlat ulushining 51 foizdan kam bo‘lmagan qismi saqlab qolinadi.

  • Oliy taʼlim muassasalarida korporativ boshqaruv tamoyillari joriy etiladi.
  • Institut maqomidagi oliygohlarning quvvati bosqichma-bosqich oshirilib, ular universitet maqomiga o‘zgartiriladi.

Ushbu o‘zgarishlar kirish ballari yo'nalishlar kesimida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, abituriyentlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar kelajakda oliy ta’limdagi raqobatbardoshlikni kuchaytiradi.

Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Fikr va mulohazalaringizni izoh qismida qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar