Arxitektura va qurilish sohasida yangi universitetlar tashkil etildi
Prezident qarori (PQ–416-son, 08.11.2022-y.) asosida arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Endilikda soha bo'yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun yangi universitetlar faoliyati yo'lga qo'yildi.
Qaysi oliygohlar qayta tashkil etildi?
Qarorga ko‘ra, quyidagi institutlar universitet maqomiga ega bo‘ldi:
- Toshkent arxitektura-qurilish universiteti: Muhandislik, arxitektura, qurilish hamda qurilish materiallari texnologiyalari yo‘nalishlariga ixtisoslashtiriladi.
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti: Madaniy meros ob’yektlarini tiklash, dizayn, arxitektura, urbanizatsiya va muhandislik yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlaydi.
Abituriyentlar uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, abituriyentlar uchun sohadagi o'zgarishlar haqidagi yangiliklarni kuzatib boring.
Asosiy o'zgarishlar va yangiliklar
Yangi universitetlar faoliyatida quyidagi muhim yangiliklar joriy etilmoqda:
- O‘quv jarayonlari davlat, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kredit-modul tizimi asosida olib boriladi.
- Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash uchun Oliy ilm-fan maktabi tashkil etiladi.
- 2023-yil 1-yanvardan boshlab universitetlarga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.
- Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Texnopark, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida esa Inkubatsiya markazi ochiladi.
Ushbu islohotlar arxitektura va qurilish sohasida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda muhim qadam bo'lib xizmat qiladi. Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.