AQShda o‘qish va ishlash uchun eng ommabop dasturlar
AQShda ta’lim olish va amaliyot o‘tash ko‘plab yoshlar uchun orzu. Talabalar, bitiruvchilar va mutaxassislar uchun maxsus dasturlar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati J1 vizasi asosida amalga oshiriladi. Agar siz talabalar uchun mo‘ljallangan imkoniyatlarni qidirayotgan bo‘lsangiz, quyidagi dasturlar bilan tanishib chiqing:
AQShdagi asosiy xalqaro dasturlar
- Work & Travel: Talabalar uchun eng mashhur yozgi dastur. 3-4 oy davomida Amerika ish beruvchilari bilan ishlash va sayohat qilish imkonini beradi.
- FLEX: 9-11-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan nufuzli almashinuv dasturi.
- Global UGRAD: Bakalavriat talabalari uchun bir semestrlik to‘liq moliyalashtirilgan ta’lim dasturi.
- Fulbright: AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan, olimlar va magistrantlar uchun eng nufuzli dastur.
- Opportunity Funding: AQSh universitetlariga kirish xarajatlarini qoplashda moliyaviy yordam ko‘rsatuvchi grant.
- Camp USA: Yozgi lagerlarda ishlash istagida bo‘lgan yoshlar uchun J1 vizasi dasturi.
- Au Pair: AQSh oilalarida enagalik qilish va madaniy almashinuv dasturi.
- MAST International: Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi talabalar uchun 3 oydan 18 oygacha bo‘lgan amaliyot.
AQShdagi ta’lim dasturlariga topshirishdan oldin, o‘z yo‘nalishingizni aniqlab olish muhim. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishish sizga kelajakdagi maqsadlaringizni aniqroq belgilashga yordam beradi. Ta’lim sohasidagi yangiliklarni kuzatib boring!

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.