AQSHda ta'lim: Kolumbiya kollejida 97 280 dollarlik to‘liq grant
AQSHning nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lgan Kolumbiya kolleji xalqaro va mahalliy talabalar uchun Presidential Scholarship dasturini e'lon qildi. Bu grant dasturi to‘rt yillik bakalavriat ta'limini to‘liq moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.
Grant dasturining afzalliklari
Dastur g‘oliblariga yiliga 24 320 AQSH dollari, jami to‘rt yil davomida esa 97 280 AQSH dollari miqdorida mukofot puli ajratiladi. Bu mablag‘ o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplashga mo‘ljallangan.

Muvofiqlik talablari
- Grant dasturi AQSH fuqarolari va xorijlik talabalar uchun ochiq;
- Bakalavr bosqichining barcha kunduzgi ta’lim dasturlariga amal qiladi;
- Nomzodlar universitetning birinchi kursiga qabul qilingan bo‘lishlari shart.
Umumiy qabul va til bilish talablari
Oliygohga kirish uchun nomzodlar 3.0 ballik High School GPA ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi hamda ingliz tili sertifikatlarini taqdim etishi kerak:
- IELTS – 5.0;
- TOEFL IBT – 54;
- Duolingo English Test – 80;
- PTE – 42 va boshqa ekvivalent sertifikatlar.
Ariza topshirish tartibi
Abituriyentlar oliygohning rasmiy onlayn platformasi orqali ariza topshirishlari mumkin. Dasturga hujjat topshirgan abituriyentlar grant uchun avtomatik tarzda nomzod sifatida ko‘rib chiqiladi.
Siz o‘zingizni qiziqtirgan boshqa oliygohlar yo‘nalishlari va abituriyentlar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar bilan infoedu.uz saytida tanishib borishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.