Talabalar uchun pullik amaliyot dasturi: 500 ta o'rin ajratildi
Oliy ta'lim vazirligi tomonidan talabalar uchun yangi imkoniyat e'lon qilindi. Bitiruvchi kurs talabalari iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida oylik maosh evaziga amaliyot o'tashlari mumkin.
Siz talabalar uchun foydali ma'lumotlarni va kirish ballari yo'nalishlar kesimida tahlil qilishni biz bilan davom ettiring.
Amaliyot shartlari va muddatlari
- Muddati: 1 oydan 3 oygacha.
- Tanlov asosida: Oliy ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovda g‘olib bo‘lish kerak.
- Ajratilgan o‘rinlar: Toshkent shahri uchun 45 ta, hududlar uchun 35 tadan, jami 500 ta o‘rin.
To‘lov shartlari va rag‘batlantirish
Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar BHMning 2 barobari miqdorida (680 ming so‘m) oylik ish haqi oladi. Ish haqi korxonalar tomonidan to‘lanadi va mablag‘ vazirlik orqali moliyalashtiriladi. Shuningdek, korxonalar talabalarni qo‘shimcha rag‘batlantirish huquqiga ega.
Kimlar qatnasha oladi?
Ushbu dastur asosan bitiruvchi kurs talabalari uchun mo‘ljallangan. Talabgorlar tanlov bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tishlari shart. Ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.








Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.