Abituriyentlar diqqatiga: Mandat natijalari qachon e'lon qilinadi?
Oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari bilan bog'liq eng dolzarb savollardan biri — mandat natijalari qachon chiqishi haqida aniqlik kiritildi. Abituriyentlarning o‘qishga kirgan yoki kirmagani 20-avgustgacha e’lon qilinmaydi.
Test sinovlari va natijalar jarayoni
Joriy yilda abituriyentlar uchun test sinovlari 25-iyulgacha davom etadi. Har bir abituriyent o'zining to'plagan ballini test topshirganining ertasi kuniyoq bilib olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Biroq, yakuniy natijalar uchun biroz kutish talab etiladi:
- Test sinovlari yakunlangach, abituriyentlarga yo‘nalish va tanlov ustuvorligini tanlash uchun 15 kunlik muddat beriladi.
- Shundan so'ng, umumiy mandatni shakllantirish jarayoni boshlanadi. Odatda, yakuniy natijalarni tasdiqlash uchun 1 hafta vaqt ketadi.
- Shu sababli, mandat natijalari 20-avgust atrofida e'lon qilinishi kutilmoqda.
Abituriyentlik davrida to'g'ri qaror qabul qilish uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Shuningdek, o'qishga kirish jarayonlari va yangiliklardan xabardor bo'lish uchun abituriyentlar uchun bo'limidagi ma'lumotlarni kuzatib boring.
Ushbu yangilik bo'yicha fikr va mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.