Super-kontraktda chegirma kimlarga beriladi?
Joriy o‘quv yilida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt qiymatini 15-oktabrga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foizli chegirma joriy etildi. Biroq, bu imtiyoz barcha abituriyentlarga ham taalluqli emas.
Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar uchun ushbu chegirma faqat 56,7 balldan yuqori natija ko‘rsatib, o‘qishga kirish uchun 4,05 balldan ko‘p bo‘lmagan farq bilan yiqilganlarga beriladi.
4 ballgacha bo‘lgan shkala va chegirmalar
Ko‘pchilik 4 ballgacha bo‘lgan abituriyentlarga ham chegirma beriladi deb o‘ylaydi, ammo bu noto‘g‘ri. Super-kontraktning 4 ballgacha bo‘lgan shkalasi quyidagicha:
- O‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmaganlar: bazaviy kontraktning 1,5 barobari;
- 1,06 balldan 2,05 ballgacha: 2 barobari;
- 2,06 balldan 3,05 ballgacha: 2,5 barobari;
- 3,06 balldan 4,05 ballgacha: 3 barobari.
Ushbu toifadagi abituriyentlar to‘lovni 100% amalga oshirgan taqdirda ham 10 foizlik chegirmaga ega bo‘lmaydilar. Shu bois, mablag‘ni bosqichma-bosqich, o‘quv yili davomida to‘lab borish imkoniyatidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Muhim ogohlantirish: 4,05 va 4,5 ball farqi
Eslatma: 4,05 ball chegarasini ko‘pchilik xato tushunib, 4,5 ball deb o‘ylamoqda. Aslida esa kirish chizig‘iga 4,1 balldan ko‘proq yetmagan abituriyentlar ushbu imtiyozli yo‘nalishlar kesimidagi shkalaga tushmaydi. Ma’lumotlar rasmiy manbalarga asoslangan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.