Talabalar maktabgacha ta’lim tizimida ishlashi mumkinmi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 3-4-kurs talabalari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatni amalga oshirishlari mumkin. Bu imkoniyat talabalarga o‘qish bilan birga amaliy tajriba orttirish va daromad topish imkonini beradi.
Talabalarning oylik maoshi va ish sharoitlari
Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, mazkur talabalarga o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan xodimlar uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari tatbiq etiladi. Xususan, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi talabalar uchun bazaviy tarif stavkasi 1 203 660 so‘mni tashkil etadi.
Siz o‘zingizni qiziqtirgan kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishishingiz yoki talabalar uchun yaratilgan boshqa foydali maqolalarni o‘qib borishingiz mumkin.
Bazaviy tarif stavkalari haqida ma'lumot
Davlat maktabgacha ta’lim tizimida xodimlarning oylik maoshlari ularning lavozimi, malaka toifasi va ta’lim darajasiga qarab farqlanadi. Quyidagi jadvalda asosiy ma’lumotlar keltirilgan:
- Pedagog xodimlar: Malaka toifasiga qarab 1 111 444 so‘mdan 2 095 874 so‘mgacha.
- Tarbiyachi yordamchilari: 845 278 so‘mdan 1 014 333 so‘mgacha.
- Mudir va boshqaruv xodimlari: Ish guruhiga qarab 1 661 382 so‘mdan 2 327 553 so‘mgacha.
Eslatma: Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlari oshirilganda, ushbu stavkalar ham tegishli tartibda qayta ko‘rib chiqiladi. Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.