Klinik ordinaturaga kirish imtihonlari: Barcha kerakli ma'lumotlar
24-26 avgust kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari va oliy tibbiy ta’lim muassasalarida klinik ordinaturaga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Nomzodlar uchun barcha zaruriy ma'lumotlarni to‘pladik.
Imtihonga tayyorgarlik va qoidalar
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, test sinovlari soat 07:00 da boshlanadi. Imtihonga kelishda quyidagilarga amal qiling:
- tmbm.ssv.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma;
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi;
- Imtihon boshlanishidan kamida 1 soat oldin yetib kelish.
Eslatib o‘tamiz, kechikkan yoki hujjat topshirmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihonlar tashkil etilmaydi. Shuningdek, kirish ballari yo'nalishlar kesimida hamda abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.
Imtihon o‘tkaziladigan hududiy manzillar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Nukus shahri, Amir Temur ko‘chasi, 185-uy.
Andijon, Farg‘ona va Namangan: Andijon shahri, Yu.Otabekov ko‘chasi, 1-uy.
Buxoro va Navoiy: Buxoro shahri, G‘ijduvon ko‘chasi, 10-uy.
Xorazm viloyati: Urganch shahri, Hamza ko‘chasi, 11-B-uy.
Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo: Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18-uy.
Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Sultonali Mashhadiy ko‘chasi, 197-uy.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.