2025-yilda o‘qishni ko‘chirish baholash mezonlari
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar uchun joriy etilgan yangi tartib va baholash tizimi bilan tanishing. Talabalar uchun muhim bo‘lgan ushbu jarayon shaffoflikni ta'minlash maqsadida test sinovlari asosida o‘tkaziladi.
Test sinovlari va baholash tartibi
Xorijiy OTM filiallari hamda nodavlat oliygohlardan davlat universitetlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari odatda 15-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Nomzodlar umumiy hisobda 90 ta test savolini bajarishlari kerak. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Majburiy fanlar bloki
Barcha talabalar quyidagi 3 ta majburiy fan bo‘yicha imtihon topshiradilar:
- Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol (har biri 1,1 ball, jami 11 ball).
- Matematika – 10 ta savol (har biri 1,1 ball, jami 11 ball).
- O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol (har biri 1,1 ball, jami 11 ball).
Majburiy fanlardan to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 33 ball.
Mutaxassislik fanlari bloki
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta mutaxassislik fanidan imtihon topshiriladi:
- 1-mutaxassislik fani – 30 ta savol (har biri 3,1 ball, jami 93 ball).
- 2-mutaxassislik fani – 30 ta savol (har biri 2,1 ball, jami 63 ball).
Mutaxassislik fanlaridan to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 156 ball.
Umumiy xulosa
2024/2025 o‘quv yilida o‘qishini ko‘chirishni rejalashtirgan talabalar 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta savolga javob berishi lozim. Umumiy hisobda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.