2024-yilgi OTM o‘tish ballari e’lon qilindi
Abituriyentlar uchun uzoq kutilgan yangilik: 2024-yilgi kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, oliygohlar kirish ballari rasman e’lon qilindi. Endilikda har bir abituriyent o‘zi tanlagan yo‘nalish bo‘yicha grant va kontrakt o‘rinlari uchun o‘tish ballarini tekshirib olishi mumkin.
O‘tish ballarini qanday tekshirish mumkin?
Natijalarni Bilimlarni baholash agentligining rasmiy sayti orqali quyidagi ketma-ketlikda bilib olishingiz mumkin:
- Hududni tanlang;
- Oliy ta’lim muassasasini (OTM) belgilang;
- Ta’lim shakli va tilni tanlang;
- Natijalarni, ya’ni kirish ballari yo'nalishlar kesimida tahlil qiling.
Super-kontrakt va qo‘shimcha imkoniyatlar
O‘tish ballarini bilish nafaqat o‘qishga kirganlar, balki o‘qishga kirolmagan abituriyentlar uchun ham juda muhim. Xususan, super-kontrakt asosida o‘qishni rejalashtirganlar o‘z ballarining arzonlashtirilgan super-kontrakt toifasiga mos kelish-kelmasligini tekshirib olishlari imkoniyati mavjud.
Eslatib o‘tamiz, hozirda faqat o‘tish ballari ma’lum qilingan bo‘lib, abituriyentlarning aniq reyting o‘rni haqidagi ma’lumotlar yaqin vaqt ichida e’lon qilinishi kutilmoqda. Yangiliklarimizni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.