2024/2025-o‘quv yili kontrakt to‘lov muddatlari: Barcha sanalar

2024/2025-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlari tasdiqlandi. 25%, 50%, 75% va 100% to‘lovlar uchun belgilangan sanalar bilan tanishing.

4
2024/2025-o‘quv yili kontrakt to‘lov muddatlari: Barcha sanalar

2024/2025-o‘quv yili uchun kontrakt to‘lov muddatlari tasdiqlandi

Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar hamda yangi qabul qilingan abituriyentlar uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish bo‘yicha rasmiy muddatlar belgilandi. Ushbu yangilik talabalar uchun muhim ahamiyatga ega.

Kontrakt to‘lovlari bosqichlari va muddatlari

To‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar uchun to‘lovlar quyidagi muddatlarda amalga oshirilishi lozim:

  • 25% to‘lov miqdori: Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha.
  • 50% to‘lov miqdori: 2025-yil 1-yanvargacha.
  • 75% to‘lov miqdori: 2025-yil 1-martgacha.
  • 100% to‘lov miqdori: 2025-yil 1-maygacha.

Eslatib o‘tamiz, oliy ta’lim muassasasi rektori yoki direktori tomonidan ushbu muddatlar uzaytirilishi mumkin. Shuningdek, abituriyentlar uchun kontrakt shartlari va qabul jarayonlari haqida batafsil ma'lumotlarni kuzatib borish tavsiya etiladi.

Mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega ekanligini inobatga oling.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar