Xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish (perevod) tartibi
2024-yilgi o‘quv yili uchun xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha jarayonlar boshlanmoqda.
Ariza topshirish muddatlari
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi. Jarayon O‘zbekiston ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.
Kerakli hujjatlar ro‘yxati
O‘qishni ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- Ariza;
- Reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi;
- Pasport nusxasi.
Imtihonlar va o‘qishni ko‘chirish shartlari
Imtihonlar yo‘nalishga qarab test (5 ta fandan) yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida o‘tkaziladi. Maxsus sinov natijalari Davlat komissiyasiga taqdim etiladi va talaba faqat to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi. Eslatib o‘tamiz, xorijiy OTMlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.
Siz o‘zingizni qiziqtirgan kirish ballari yo‘nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishishingiz yoki talabalar uchun tayyorlangan foydali maqolalarimizni o‘qib borishingiz mumkin.
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.