Dunyoning eng nufuzli universitetlari: QS 2021 reytingi
Ta'lim sohasidagi eng dolzarb yangiliklardan biri bu har yili e'lon qilinadigan dunyo universitetlari reytingidir. Xalqaro miqyosda tan olingan QS World University Rankings tashkiloti tomonidan taqdim etilgan 2021-yilgi ro'yxat abituriyentlar va talabalar uchun muhim qo'llanma hisoblanadi.
Reyting qanday shakllanadi?
Dunyoning eng yaxshi oliy o'quv yurtlari quyidagi mezonlar asosida saralanadi:
- O'qitish sifati va akademik obro'
- Ilmiy-tadqiqot faoliyati
- Xalqaro talabalar soni
- Bitiruvchilarning ishga joylashish ko'rsatkichlari
Agar siz ham xorijda yoki yurtimizdagi oliygohlarda tahsil olishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, ushbu reyting sizga motivatsiya berishi shubhasiz. Shuningdek, abituriyentlar uchun mo'ljallangan qo'shimcha ma'lumotlar orqali bilimingizni boyitib borishingiz mumkin.
QS World University Rankings 2021 – Top 10 | |||
| 2021 Rank | 2020 Rank | University | Location |
| 1 | 1 | Massachusetts Institute of Technology (MIT) | United States |
| 2 | 2 | Stanford University | United States |
| 3 | 3 | Harvard University | United States |
| 4 | 5 | California Institute of Technology (Caltech) | United States |
| 5 | 4 | University of Oxford | United Kingdom |
| 6 | 6 | ETH Zurich | Switzerland |
| 7 | 7 | University of Cambridge | United Kingdom |
| 8 | 9 | Imperial College London | United Kingdom |
| 9 | 10 | University of Chicago | United States |
| 10 | 8 | UCL (University College London) | United Kingdom |
Siz ushbu universitetlardan qaysi birida o'qishni orzu qilasiz? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring!














Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.