Qishki perevod 2024: Arizalar qabul qilish muddati va tartibi

O‘qishni ko‘chirish (qishki perevod) bo‘yicha arizalar 20-yanvargacha qabul qilinadi. Qanday holatlarda ruxsat beriladi va qanday hujjatlar kerak?

4
Qishki perevod 2024: Arizalar qabul qilish muddati va tartibi

Qishki perevod: Arizalar qabul qilish muddati yakunlanmoqda

Oliy taʼlim tizimida o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha muhim yangilik. Joriy yilning 20-yanvar kuniga qadar qishki “perevod” uchun arizalar qabul qilinadi. Shuni yodda tutish kerakki, qishki mavsumda o‘qishni ko‘chirish barcha uchun emas, faqat belgilangan uzrli sabablarga ko‘ra amalga oshiriladi.

Qishki perevodga kimlar ruxsat oladi?

O‘qishni ko‘chirish uchun quyidagi 2 ta holat uzrli sabab hisoblanadi:

  • Talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun;
  • Davlat organlari xodimlarining ish joyi o‘zgarganda, uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik yoki idora rahbarining tavsiyasi bilan).

Agar siz talaba bo‘lsangiz va o‘qishingizni ko‘chirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, barcha hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlashingiz lozim.

Qanday hujjatlar taqdim etilishi kerak?

Arizalarni hududiy ishchi guruhlarga topshirish kerak. Bunda quyidagi hujjatlar jamlanmasi talab etiladi:

  • O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (hududiy ishchi guruh tomonidan beriladi);
  • Reyting daftarchasi, akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxasi;
  • Pasport nusxasi;
  • Uzrli sababni tasdiqlovchi hujjatlar.

Eslatib o‘tamiz, xorijiy yoki nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish arizalari yozgi qabul davrida onlayn tarzda amalga oshiriladi. O‘z taʼlim yo‘nalishingiz bo‘yicha kirish ballari va yo‘nalishlar haqidagi maʼlumotlarni oldindan o‘rganib chiqish tavsiya etiladi.

Bu yangilik sizga qanday taʼsir qildi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar