Abituriyentlar uchun eng ommabop yo'nalishlardan biri bo'lgan yurisprudensiya bo'yicha 2026/2027-o'quv yili qabul kvotalari e'lon qilindi. Jami 3 195 ta qabul o'rni 15 ta oliy ta'lim muassasasi va uchta ta'lim shakli (kunduzgi, kechki, masofaviy) kesimida taqsimlangan.
Quyida har bir OTM bo'yicha to'liq taqsimot bilan tanishing:
| T/R | Oliy ta'lim tashkiloti | Kunduzgi | Kechki | Masofaviy | |||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| O'zbek | Rus | O'zbek | Rus | O'zbek | Rus | ||
| 1 | O'zbekiston Milliy universiteti | 75 | 25 | 0 | 0 | 75 | 25 |
| 2 | Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash universiteti | 60 | 15 | 0 | 0 | 50 | 0 |
| 3 | Buxoro davlat universiteti | 75 | 25 | 50 | 0 | 50 | 0 |
| 4 | Qoraqalpoq davlat universiteti | 70 | 20 | 20 | 0 | 35 | 0 |
| 5 | Namangan davlat universiteti | 150 | 0 | 0 | 0 | 50 | 0 |
| 6 | Samarqand davlat universiteti | 75 | 25 | 75 | 25 | 100 | 25 |
| 7 | Termiz davlat universiteti | 100 | 0 | 50 | 0 | 100 | 0 |
| 8 | Urganch davlat universiteti | 50 | 25 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 9 | Farg'ona davlat universiteti | 50 | 0 | 25 | 0 | 50 | 0 |
| 10 | "Cyber university" davlat universiteti | 100 | 50 | 0 | 0 | 125 | 50 |
| 11 | Toshkent davlat yuridik universiteti | 491 | 114 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 12 | Toshkent davlat transport universiteti | 150 | 50 | 25 | 25 | 25 | 25 |
| 13 | Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti | 125 | 50 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 14 | O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi | 20 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 15 | Jamoat xavfsizligi universiteti | 100 | 0 | 25 | 0 | 0 | 0 |
| JAMI | 1691 | 399 | 270 | 50 | 660 | 125 | |
| UMUMIY | 3195 | ||||||
Eng katta kvota an'anaviy tarzda Toshkent davlat yuridik universitetiga tegishli — kunduzgi o'zbek guruhlariga 491 ta o'rin ajratilgan. Avvalroq bakalavriat masofaviy kvotalari haqida ham batafsil ma'lumot berilgandi. Ta'limga oid eng muhim yangiliklarni InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.
















