Xususiy OTM sirtqi diplomlari tan olinmaydimi? Haqiqat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xususiy OTM diplomi tan olinmasligi haqidagi xabarlar asossiz. Sirtqi ta’lim va diplomlarning haqiqiyligi bo’yicha batafsil ma’lumot.

5
Xususiy OTM sirtqi diplomlari tan olinmaydimi? Haqiqat

Xususiy OTM diplomi tan olinmaydi, degan gaplar rostmi?

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda “xususiy OTMlarning sirtqi ta’lim shakli diplomi tan olinmaydi” mazmunidagi xabarlar keng tarqaldi. Ushbu masala noto‘g‘ri talqin qilingan bo‘lib, vaziyatga aniqlik kiritamiz.

Pedagogika yo‘nalishlaridagi cheklovlar

2022-yil 22-iyundagi PQ-289-son qaroriga asosan, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogika sohasidagi ayrim yo‘nalishlarga sirtqi shaklda o‘qishga kirish uchun ta’lim tizimida kamida 5 yillik pedagogik ish staji talab etiladi. Bular:

  • Boshlang‘ich ta’lim;
  • Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
  • Musiqa ta’limi;
  • Jismoniy madaniyat;
  • Texnologik ta’lim.

Ushbu 5 ta yo‘nalishdan tashqari barcha bakalavriat yo‘nalishlariga istalgan abituriyent hech qanday cheklovlarsiz hujjat topshirishi mumkin. O‘zingizga mos kirish ballari yo‘nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.

Diplomlarning qonuniy maqomi

Respublikamizda litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan 80 dan ortiq nodavlat oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakli bitiruvchilariga berilgan diplomlar “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasiga muvofiq, davlat OTMlari diplomi bilan teng darajada tan olinadi. Talabalar uchun barcha huquqiy kafolatlar qonun bilan himoyalangan.

Xulosa qilib aytganda, litsenziyaga ega xususiy OTMlar diplomi davlat idoralari va xususiy sektorda to‘liq huquqiy kuchga ega.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar