Gongkong PhD grant dasturi: Dunyo darajasida ta’lim olish

Gonkongda PhD bosqichida tahsil olishni istaysizmi? HKPFS grant dasturi, talablar va 41 400 dollarlik stipendiya haqida batafsil ma’lumot oling.

5
Gongkong PhD grant dasturi: Dunyo darajasida ta’lim olish

Gonkong PhD grant dasturi (HKPFS) nima?

2009-yilda Gonkong tadqiqot grantlari kengashi (RGC) tomonidan tashkil etilgan Gonkong PhD stipendiyalari dasturi (HKPFS) dunyodagi eng iqtidorli talabalarni Gonkong universitetlarida doktoranturada o‘qishga jalb etishni maqsad qilgan. Bu talabalar uchun o‘z ilmiy salohiyatini xalqaro darajada rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar yuqori akademik ko‘rsatkichlarga, tadqiqot qilish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari shart. Nomzodlar quyidagi 8 ta nufuzli universitetdan biriga kunduzgi PhD bosqichiga qabul qilingan bo‘lishlari kerak:

  • City University of Hong Kong
  • Hong Kong Baptist University
  • Lingnan University
  • The Chinese University of Hong Kong
  • The Education University of Hong Kong
  • The Hong Kong Polytechnic University
  • The Hong Kong University of Science and Technology
  • The University of Hong Kong

Tanlov mezonlari

Arizalar mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Tanlovda quyidagi omillarga alohida e’tibor qaratiladi:

  • Yuqori akademik ko‘rsatkichlar;
  • Tadqiqot qobiliyati va ilmiy salohiyat;
  • Yetakchilik sifatlari.

Stipendiya miqdori va imtiyozlar

Mukofot oluvchilar uch yil muddatga yiliga 322,800 HK$ (taxminan 41,400 AQSh dollari) miqdorida stipendiya bilan ta’minlanadi. Shuningdek, konferensiya va tadqiqot safarlari uchun yiliga 13,500 HK$ (taxminan 1,730 AQSh dollari) ajratiladi. Gonkongdagi oliygohlar odatda o‘quv yilini sentyabr oyida boshlaydi. Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar