Women in Technology Scholarship: IT sohasidagi qizlar uchun 8000$ lik grant
Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashgan Zonta International tashkiloti axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan talaba qizlar uchun 8000 dollarlik Women in Technology Scholarship dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur qizlarning IT sohasida yetuk mutaxassis bo‘lishi va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashishni maqsad qilgan.
Grantning afzalliklari
- Dastur doirasida 20 nafar nomzodga bir martalik 8000$ miqdorida pul mukofoti beriladi.
- Xalqaro darajadagi nufuzli dasturda ishtirok etish imkoniyati.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
- Barcha davlat fuqarolari topshirishlari mumkin.
- Davlat tomonidan tan olingan oliygohlarda IT yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lishi.
- Bakalavriat bosqichining kamida 2-kurs talabasi bo‘lishi (magistratura va PhD uchun kurs cheklovi yo‘q).
- Masofaviy ta’limda o‘qiyotganlar ham ariza topshirishi mumkin.
- Yuqori akademik ko‘rsatkichlar va IT sohasiga bo‘lgan kuchli qiziqish.
- 2022-yil apreligacha o‘qishni tamomlamaslik shart.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun talabalar uchun foydali maslahatlar sahifasiga o‘tishingiz yoki oliygoh yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni
- Arizalar 2021-yilning 15-oktabrigacha onlayn ariza portali orqali qabul qilinadi.
- Ariza shakli bilan shu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
Zarur hujjatlar ro‘yxati
- Akademik ma’lumotnoma (Transcript).
- O‘qiyotganlik haqida ma’lumotnoma.
- Motivatsion xat.
- 2 ta tavsiyanoma.
- Akademik yutuqlar va sertifikatlar.
Muhim: Natijalar 2022-yil aprel oyi oxirida e’lon qilinadi. Savollar bo‘yicha [email protected] manziliga murojaat qilishingiz mumkin.









Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.