Sidney Texnologiya Universitetida IT yo'nalishi uchun to'liq grant
Avstraliyaning yetakchi oliygohlaridan biri bo'lgan Sidney Texnologiya Universiteti (UTS) xalqaro talabalar uchun IT sohasida bakalavr bosqichida o'qish uchun to'liq grant dasturini e'lon qildi. Bu IT mutaxassisi bo'lishni istagan yoshlar uchun ajoyib imkoniyatdir.
Universitet haqida
Sidney Texnologiya Universiteti – dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingida #160-o'rinni egallagan nufuzli davlat-tadqiqot universitetidir. Universitet o'z talabalariga zamonaviy ta'lim va yuqori natijalarni kafolatlaydi.

Grant dasturiga qiziqayotgan abituriyentlar uchun asosiy ma'lumotlar:
Grant talablari
- Barcha davlat fuqarolari ariza berishlari mumkin;
- IT yo'nalishiga (Bachelor’s of Information Technology) qabul qilingan bo'lish;
- 12 yillik ta'limni tamomlaganlik haqidagi hujjat (shahodatnoma/diplom);
- IELTS 6.5 sertifikati (har bir bandi 6.0 dan kam bo'lmagan holda).
Hujjat topshirish jarayoni
- Universitetning IT bakalavr dasturiga onlayn ariza topshirish (batafsil yo'riqnoma);
- Grant bo'yicha o'tkaziladigan onlayn vebinarda ro'yxatdan o'tish;
- Kerakli hujjatlarni (rezyume va ta'lim hujjatlari) tayyorlash.
Qo'shimcha ma'lumotlar va yo'nalishlar kesimidagi talablar bilan universitetning rasmiy sayti orqali tanishishingiz mumkin. Grant tanlovida qatnashish uchun batafsil ma'lumot bu yerda.
Dastur bo'yicha video yo'riqnoma: YouTube.










Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.